58 ta qoidabuzarlik
| Modda | Qoidabuzarlik | Jarima |
|---|---|---|
| 123-modda, 1-qism | Poyezd vagonlari, avtotransport vositalari, shahar yo‘lovchi transporti va suv transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 125-modda, 1-qism | Haydovchining transport vositasini boshqarishda va yo‘lovchi tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, mototsikl va moped haydovchisining motoshlemdan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 125-modda, 2-qism | Ro‘yxatdan yoki texnik ko‘rikdan o‘tmagan, man etiladigan darajada nosoz, bolg‘acha, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya belgisi yoki nur qaytargichli kamzulsiz, chiqindi va shovqini normadan ortiq transportni boshqarish | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 125-modda, 3-qism | Haydovchining tormoz tizimi, rul boshqaruvi yoki ulovchi qurilmasi nosoz yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqarishi | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 125-modda, 4-qism | Xalqaro hamda M3/N3 toifali transportda shaharlararo (400 km va ortiq) yo‘lovchi va yuk tashishni taxografsiz (nosoz, o‘chirilgan taxograf yoki haydovchi kartasisiz) amalga oshirish, mehnat va dam olish rejimini buzish | BHMning 7 baravari 3 080 000 so‘m |
| 125-modda, 5-qism | Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan yoxud davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositasini boshqarish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 125-modda, 6-qism | Davlat raqam belgisi aynan shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish | BHMning 10 baravari 4 400 000 so‘m |
| 125-modda, 7-qism | Korxona, muassasa va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda foydalanish shartlariga mos maxsus jihozlanmagan joyda saqlash (fuqarolar uchun) | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 125-modda, 8-qism | Yuk avtotransportida tovar-transport yuk xatlarini, xalqaro yuk tashishda yo‘l varaqalarini, yo‘lovchi avtotransportida chipta-hisob va yo‘l varaqalarini yuritish talablarini buzish (fuqarolar uchun) | BHMning 2 baravari 880 000 so‘m |
| 125-1-modda, 1-qism | Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish | BHMning 10 baravari 4 400 000 so‘m |
| 125-1-modda, 2-qism | Yuk bilan yoki yuksiz gabarit o‘lchamlari, umumiy haqiqiy vazni yoki o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normadan 10 foizgacha ortiq transport vositasida yo‘lga chiqish | BHMning 10 baravari 4 400 000 so‘m |
| 125-1-modda, 3-qism | Yuk bilan yoki yuksiz gabarit o‘lchamlari, umumiy haqiqiy vazni yoki o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normadan 10 foizdan 20 foizgacha ortiq transport vositasida yo‘lga chiqish | BHMning 15 baravari 6 600 000 so‘m |
| 125-1-modda, 4-qism | Ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuk tashish, gabariti, umumiy vazni yoki o‘qqa tushuvchi og‘irligi normadan 20 foizdan ortiq transportda yo‘lga chiqish yoxud ruxsatnomadagi yo‘nalishdan chetga chiqish | BHMning 20 baravari 8 800 000 so‘m |
| 126-modda, 1-qism | Texnik reglamentga mos bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) qoraytirilgan oynali, haydovchi o‘rnidan atrofni ko‘rishni cheklovchi narsa yoki qoplamali transport vositasidan foydalanish (qoraytirishga ruxsatnoma bo‘lsa, mustasno) | BHMning 25 baravari 11 000 000 so‘m |
| 126-modda, 2-qism | Takroran: ko‘zgusimon yoki qoraytirilgan oyna, ko‘rishni cheklovchi narsa yoki qoplamali transport vositasidan foydalanishni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish | BHMning 40 baravari 17 600 000 so‘m |
| 127-modda, 1-qism | Tovush signalini sababsiz berish, transport vositasiga ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish yoki ularni o‘zgartirib o‘rnatish | BHMning 3 baravari 1 320 000 so‘m |
| 127-modda, 2-qism | Tegishli ruxsatsiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, davlat raqam belgisini ko‘rish yoki anglashga to‘sqinlik qiluvchi ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish (fuqarolar uchun) (fuqarolarga) | BHMning 1–3 baravari 440 000 – 1 320 000 so‘m qurilmalar musodara qilinadi |
| 127-modda, 2-qism | Tegishli ruxsatsiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, davlat raqam belgisini ko‘rish yoki anglashga to‘sqinlik qiluvchi ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish (mansabdor shaxslar uchun) (mansabdor shaxslarga) | BHMning 3–5 baravari 1 320 000 – 2 200 000 so‘m qurilmalar musodara qilinadi |
| 128-modda, 1-qism | Trotuar, piyoda/velosiped yo‘lkasi, yashil maydondan yurish; belgi yoki chiziq talabini buzish; yuk avtomobilida chetki chap qatorda yurish; bekat yoki piyoda o‘tish joyidan yurish; tashqi yoritish qoidasini buzish; loyqa sachratish | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 128-1-modda, 1-qism | Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchining telefondan foydalanishi (quloqchin yoki qo‘llarni ishlatmasdan so‘zlashish imkonini beruvchi boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno) | BHMning 3 baravari 1 320 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 128-2-modda, 1-qism | Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida salonning old qismiga o‘rnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 128-3-modda, 1-qism | Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 km dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 128-3-modda, 2-qism | Belgilangan harakat tezligini soatiga 20 km dan ortiq, lekin 40 km dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 128-3-modda, 3-qism | Belgilangan harakat tezligini soatiga 40 km dan ortiq, lekin 60 km dan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish | BHMning 9 baravari 3 960 000 so‘m |
| 128-3-modda, 4-qism | Belgilangan harakat tezligini soatiga 60 km dan ortiq kattalikda oshirib yuborish | BHMning 15 baravari 6 600 000 so‘m |
| 128-4-modda, 1-qism | Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m |
| 128-4-modda, 2-qism | Haydovchining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi | BHMning 3 baravari 1 320 000 so‘m |
| 128-5-modda, 1-qism | Ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashayotgan tezkor va maxsus xizmatlar transport vositalarining to‘siqsiz o‘tishiga xalaqit berish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 128-5-modda, 2-qism | Qoidalarni buzib qarama-qarshi harakat tomoniga yoki bo‘lagiga chiqish yoxud boshqa qatnashchilarni tezlik, yo‘nalishni keskin o‘zgartirishga yoki boshqa choralar ko‘rishga majbur qiluvchi avariya holatini yuzaga keltirish | BHMning 10 baravari 4 400 000 so‘m |
| 128-6-modda, 1-qism | Transport vositasi haydovchisining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi | BHMning 2 baravari 880 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 129-modda, 1-qism | Haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 130-modda, 1-qism | Haydovchilarning temir yo‘l o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 131-modda, 1-qism | Haydovchining transport vositasini alkogolli ichimlikdan mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoxud aql-idrokka ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’sirida boshqarishi | BHMning 40 baravari 17 600 000 so‘m va transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilish |
| 131-modda, 2-qism | Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop va boshqa moddalar ta’sirida transport vositasini boshqarishni boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs sodir etishi | BHMning 50 baravari 22 000 000 so‘m yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoq |
| 133-modda, 1-qism | Haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda (5 BHMdan ortiq) moddiy zarar yetkazishi (tan jarohatisiz YTHda haydovchilar xabarnoma tuzgan hollar bundan mustasno) | BHMning 5–7 baravari 2 200 000 – 3 080 000 so‘m yoki 1 yildan 3 yilgacha transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish |
| 134-modda | Haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulkka ancha miqdorda bo‘lmagan shikast yetkazishi (faqat transportlar shikastlanib, haydovchilar xabarnoma tuzgan hollar mustasno) | BHMning 2–4 baravari 880 000 – 1 760 000 so‘m yoki 6 oydan 1 yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish |
| 135-modda, 1-qism | Hujjatlar yonida bo‘lmay boshqarish: guvohnoma, ro‘yxatdan o‘tganlik va egalik (foydalanish) hujjatlari, sug‘urta polisi, oyna qoraytirish ruxsatnomasi, bojxona hujjati (yoki muddati o‘tgan), zarur hollarda litsenziya kartochkasi, yo‘l varaqasi, malaka sertifikati | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 135-modda, 2-qism | Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan yoki aynan shu transportni boshqarish huquqini beruvchi hujjati bo‘lmagan shaxsning boshqarishi, shuningdek huquqi yo‘q shaxsga boshqarishni topshirish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 135-modda, 3-qism | Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi | BHMning 50 baravari 22 000 000 so‘m |
| 135-1-modda | Transportni majburiy sug‘urta (OSAGO) polisida nazarda tutilmagan foydalanish davrida boshqarish yoki polisda faqat ko‘rsatilgan haydovchilar boshqarishi sharti buzilgan holda boshqarish | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 136-modda, 1-qism | Haydovchining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar (analoglari) yoxud aql-idrokka ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’sirida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi | BHMning 30 baravari 13 200 000 so‘m va 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish (jarima bilan birga) |
| 136-modda, 2-qism | Mastlik (giyohvandlik va h.k.) holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashni transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs sodir etishi | BHMning 50 baravari 22 000 000 so‘m yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish |
| 136-modda, 3-qism | Mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashni skuter, moped, velosiped, individual harakatlanish vositasi yoki ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs sodir etishi | BHMning 3 baravari 1 320 000 so‘m |
| 137-modda, 1-qism | Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi | BHMning 15 baravari 6 600 000 so‘m |
| 137-modda, 2-qism | Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzib hodisa joyidan ketib qolishi, agar hodisa jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazgan bo‘lsa | BHMning 30 baravari 13 200 000 so‘m yoki 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish yoxud 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish |
| 138-modda, 1-qism | Piyoda signalga bo‘ysunmasa, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tsa, qatnov qismida telefon kabi chalg‘ituvchi vositadan foydalansa; skuter, moped, velosiped, arava va boshqa yo‘l foydalanuvchisi signal, belgiga rioya etmasa | BHMning 1/3 qismi 146 667 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 138-modda, 2-qism | Haydovchilarga turli xizmat ko‘rsatish maqsadida fuqarolarning yo‘lning qatnov qismida turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m yoki ma’muriy ogohlantirish |
| 138-modda, 3-qism | 138-moddaning 1- yoki 2-qismida ko‘rsatilgan shaxslar (piyodalar, skuter, moped, velosiped, arava haydovchilari va boshqalar) yo‘l harakati qoidalarini buzib, avariya holatini vujudga keltirishi | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 138-modda, 4-qism | Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish | BHMning 1 baravari 440 000 so‘m |
| 138-modda, 5-qism | Nur qaytargich va chiroqlarsiz skuter, moped, velosiped, individual harakatlanish vositasi yoki ulovli aravani boshqarish, shuningdek skuter va individual harakatlanish vositasida odam tashish | BHMning 1/2 qismi 220 000 so‘m |
| 138-modda, 6-qism | Skuter, moped, velosiped, individual harakatlanish vositasi yoki ulovli aravani boshqarayotgan shaxsning alkogol, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi | BHMning 3 baravari 1 320 000 so‘m |
| 139-modda, 1-qism | Texnik holat va foydalanish uchun mas’ul shaxs tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositasini yo‘lga chiqarish | BHMning 2 baravari 880 000 so‘m |
| 139-modda, 2-qism | Texnik holat va foydalanish uchun mas’ul shaxs tomonidan nosoz, muayyan shartlar tufayli foydalanish taqiqlangan yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasini yo‘lga chiqarish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m |
| 140-modda, 1-qism | Foydalanish uchun mas’ul shaxs tomonidan mast yoki giyohvandlik, psixotrop va aql-idrokka ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siridagi haydovchiga yoxud boshqarish huquqi yo‘q shaxsga transport boshqarishiga yo‘l qo‘yish | BHMning 30 baravari 13 200 000 so‘m |
| 140-modda, 2-qism | Transport egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega shaxsning bila turib mast yoki giyohvandlik, psixotrop moddalar ta’siridagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirishi | BHMning 30 baravari 13 200 000 so‘m va 2 yildan 3 yilgacha transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish |
| 140-modda, 3-qism | Takroran: mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish (140-modda 2-qism) ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida yana sodir etilishi | BHMning 50 baravari 22 000 000 so‘m yoki 15 sutka ma’muriy qamoq |
| 146-modda, 3-qism | Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish (faqat mansabdor shaxslarga) | BHMning 5–7 baravari 2 200 000 – 3 080 000 so‘m |
| 147-modda, 1-qism | Yo‘l, temir yo‘l o‘tish joyi, inshoot yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, harakatga qasddan xalal berish (shu jumladan qoplamani ifloslantirib), yo‘lni o‘zboshimcha qazish, sun’iy notekislik, to‘siq yaratish, yo‘l saqlash qoidalarini buzish | BHMning 5 baravari 2 200 000 so‘m mansabdor shaxslarga — BHMning 20 baravari |
Hech narsa topilmadi. Boshqa so‘z bilan qidiring.
Jadval Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning amaldagi matni bilan 2026-yil 23-oktabrda solishtirilgan. 1 BHM — 440 000 so‘m (2026-yil 1-sentabrdan); so‘mdagi miqdor shu asosda hisoblangan. Ayrim qismlarga 2026-yil 11-dekabrdan o‘zgarishlar kiradi. Rasmiy matn: lex.uz.